Акционерное общество
Узбекистон темир йуллари

Комфорт, безопасность, надёжность!

Ommaviy oferta

OFERTA

1.  Saytda va mobil ilovada elektron yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalari.

2.  Elektron yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish xususiyatlari.

3.  Yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘ldirish.

4.  Elektron chiptalar uchun haq to‘lash.

5.  Elektron chiptani olish.

6.  Bolalarning poyezdda yurishini rasmiylashtirish.

7.  Pasport-ma'muriy (viza bilan bog‘liq) va bojxona qoidalari.

8.  Yo‘lovchini poyezdga chiqarish.

9.  Foydalanilmagan elektron chiptani qaytarib berish.

10.Glossariy.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sayti va mobil ilovasi jismoniy shaxs uchun uning bank kartasidan foydalangan holda elektron chiptalarni rasmiylashtirish va uning uchun haq to‘lash xizmatlarini taqdim etadi.

Saytimizda va mobil ilovada elektron chiptalarni xarid qilish bilan siz barcha quyida sanab o‘tilgan shartlarga rozi bo‘lasiz.

Siz sayt va mobil ilova foydalanuvchisi sifatida, o‘z ishiga layoqatliligingizni, moliyaviy muomala qilishga qodirligingizni, shuningdek mazkur oferta tuzilishi natijasida zimmangizga yuklangan mas'uliyatni to‘liq his etishingizni tasdiqlaysiz.

Agar foydalanuvchi mazkur oferta shartlarini qabul qilmasa, u elektron chiptalarni rasmiylashtirishiga va ularning haqini to‘lashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur oferta elektron chiptalarni sotish va qaytarib berish, poyezdga o‘tqazishni amalga oshirish va unda harakatlanishning barcha juz'iy shartlariga ega.

Bunga alohida e'tibor bering!

Elektron chipta haqi to‘langanidan so‘ng elektron yo‘l hujjati shakllantiriladi.

Elektron yo‘l hujjati elektron chipta rasmiylashtirilishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, ammo poyezdga o‘tirish huquqini bermaydi.

Poyezdda harakatlanish uchun quyidagi ikki variantdan birini tanlang:

·    butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha istalgan chipta kassasida belgilangan blank namunasidagi yo‘l hujjatini oling;

·     http://eticket.uzrailway.uz saytida shaxsiy kabinetda “elektron ro‘yhatga olinadigan elektron yo‘l hujjati” blankini oling (elektron ro‘yhatga olish xizmatiga ega bo‘lgan poyezdlar uchun) va uni qog‘ozga chiqaring (A4 o‘lchami).

Elektron ro‘yhat hizmati faqat davlat ichidagi yo‘nalish poyezdlariga taqdim etiladi.  

Agar Siz davlat ichidagi va xalqaro yo‘nalishlarda (MDH mamlakatlari) qatnaydigan poyezdlarga elektron ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, bu holda vagonga uning yo‘l kuzatuvchisiga “elektron ro‘yxatga olinadigan elektron yo‘l hujjati” blankining qog‘ozdagi variantini (A4 o‘lchami) hamda elektron yo‘l hujjatida ko‘rsatilgan, yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bilan kiriladi.

Foydalanilmagan elektron yo‘l hujjatini qaytarib berish quyidagi tarzda bajariladi: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chiptalarni qaytarib berishni amalga oshiradigan chiptalar kassasida 9-bo‘limda keltirilgan qaytarish muddatlariga muvofiq ravishda elektron yo‘l chiptasini yoki elektron chipta/buyurtmaning raqamini va raqami elektron chiptada ko‘rsatilgan yo‘lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bilan.

MDH mamlakatlari stansiyalaridan yo‘lga chiqish uchun elektron chiptalarni rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chipta kassalaridan belgilangan shakldagi blankdagi elektron yo‘l chiptasini olish talab etiladi. Elektron ro‘yxatga olish xizmati taqdim etiladigan poyezdlarga chipta olishda “elektron ro‘yxatga olinadigan elektron yo‘l hujjati” blankini mustaqil ravishda qog‘ozda qog‘ozga chiqarish va poyezdga chiqishda ko‘rsatish talab etiladi.

 

1.  Elektron yo‘l hujjatlarini saytda va mobil ilovada rasmiylashtirish qoidalari.

Elektron yo‘l hujjatlarini saytda va mobil ilovada rasmiylashtirish yo‘lovchi poyezdga chiqish stansiyasidan poyezd jo‘nashidan kamida ikki soat oldin amalga oshiriladi.

Elektron yo‘l hujjatlarini sotish quyidagi yo‘nalishlarda qatnaydigan poyezdlarga amalga oshiriladi:

·    O‘zbekiston Respublikasining hududi bo‘ylab ichki qatnovda (AJ “O‘TY” shakllanmalari);

·    MDH mamlakatlari bilan amalga oshiriladigan xalqaro qatnovlarda.

Elektron chiptani xarid qilish uchun buyurtmani rasmiylashtirishdan avval saytda yoki  mobil ilovada autentifikatsiyadan yoki ro‘yxatdan o‘tish zarur. Shaxsiy login va parolingizni sizning buyurtmalaringizga oid axborotni ko‘zdan kechirish yoki yangi buyurtmani rasmiylashtirish uchun eslab qolish talab etiladi.

Elektron chiptalarni rasmiylashtirishda ko‘rsatilgan maydonchalarga birin-ketin safar rekvizitlari va har bir yo‘lovchiga doir shaxsiy ma'lumotlar kiritiladi. Safar rekvizitlari va har bir yo‘lovchiga doir shaxsiy ma'lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilganligiga buyurtmani rasmiylashtirayotgan foydalanuvchi to‘liq mas'ul hisoblanadi.

“Ekspress” tizimida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganida elektron chiptalarni quyidagi vaqtda xarid qilish mumkin:

·    MDH temir yo‘llari poyezdlarini shakllantirish punktlaridan poyezd jo‘nashidan kamida 45 sutka* avval (chiptalarni sotish mahalliy vaqt bilan 10 soat 00 daqiqada boshlanadi);

·    oraliq stansiyasidan poyezd jo‘nashidan kamida 3 sutka avval (tashuvchi tomonidan boshqa qoida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa).

* jadvalning o‘zgarish davrida sotishning boshlanish muddati o‘zgartirilishi mumkin (may oyining so‘nggi dam olish kuni va dekabrning birinchi dekadasi).

Elektron chiptalar kattalar, bolalarni tashish uchun mo‘ljallangan tariflar bo‘yicha, shuningdek, 6-bo‘limda ko‘rsatilgan yoshdagi bolalarning alohida joy egallamagan holda yurishi uchun bepul rasmiylashtiriladi.

Bir buyurtmada ko‘pi bilan to‘rtta elektron chipta, to‘rt yo‘lovchining shaxsiy ma'lumotlarini ko‘rsatgan holda, rasmiylashtirilishi mumkin.

Tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va poyezdga kechikishlarning oldini olish maqsadida bir poyezddan boshqasiga o‘tiladigan marshrutlarga buyurtma rasmiylashtirishda ularning kelishi va jo‘natilishi orasidagi intervalni kamida uch soat qilib tanlashni tavsiya etamiz.

Saytda va mobil ilovada elektron chiptalarni rasmiylashtirish “Ekspress” tizimining texnologik tanaffusi paytida mahalliy vaqt bilan soat 2:30 dan 3:00 gacha oraliqda amalga oshirilmaydi.

 

2. Elektron yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish xususiyatlari.

Turli tipdagi vagonlardagi joylar turli buyurtmalar orqali, shu jumladan kupeli vagonlardagi va SV vagonlardagi erkaklar va ayollar joylarini ko‘rsatgan holda (agar vagonda shunday joylar mavjud bo‘lsa) rasmiylashtiriladi (bir buyurtmada variantlardan faqat bittasi - erkaklar, ayollar yoki aralash turi ko‘rsatilishi kerak).

MDH mamlakatlari bilan xalqaro yo‘nalish poyezdlaridagi yo‘l haqi Shveysariya franklarida belgilanadi.

Saytda va mobil ilovada yo‘l haqi so‘mlarda elektron yo‘l hujjatining rasmiylashtirilish kuniga O‘zR MBning rasmiy kursi bo‘yicha to‘lanadi. 

 

3Yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘ldirish.

Buyurtmadagi barcha yo‘lovchilar rekvizitlarini diqqat bilan to‘ldirishingizni so‘raymiz. Buyurtma haqini to‘lash amaliyotini amalga oshirishdan avval ko‘rsatilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligiga yana bir marta ishonch hosil qiling.

Yo‘lovchining shaxsiy ma'lumotlari uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ma'lumotlarga to‘g‘ri kelishi shart. Agar hujjatdagi shaxsiy ma'lumotlar ikki tilda (rus va lotin) ko‘rsatilgan bo‘lsa, buyurtmadagi ma'lumotlar davlat ichidagi va MDH mamlakatlari bilan qatnovda lotin tilida to‘ldiriladi.

Agar hujjatdagi shaxsiy ma'lumotlar rus tilida bo‘lsa, davlat ichidagi va MDH mamlakatlari bilan qatnovda rus tilida to‘ldiriladi.

Yo‘lovchilarning shaxsiy ma'lumotlari yoki ularning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat rekvizitlarida xato aniqlangan holda Siz buyurtma haqi to‘lanadigan vaqtga qadar to‘g‘rilangan ma'lumotni kiritishingiz shart.

Safar rekvizitlari va har bir yo‘lovchining shaxsiy ma'lumotlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligiga buyurtmani rasmiylashtirayotgan shaxs mas'ul hisoblanadi.

Shu bilan birga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar raqamlari, shuningdek boshqa shaxsiy ma'lumotlarni kiritishda xato yo‘l qo‘yilganida, yo‘lovchi chipta kassasida belgilangan namunadagi blankdagi yo‘l hujjatini ololmasligi va poyezdda yo‘lga chiqolmasligiga e'tiboringizni qaratamiz.

 

4. Elektron chiptalar haqini to‘lash.

Elektron chiptalar to'lovi UZCART onlayn bank kartalari va xalqaro Visa kartalari orqali amalga oshiriladi.

 Bank kartasi bo‘yicha haq to‘lash tekshirilib, Click to‘lov tizimi bilan ma'lumotlar almashinish yordamida buyurtma tasdiqlanganidan so‘ng amalga oshiriladi Elektron chiptalar uchun to'lov o'zbek milliy valyutadagi bank o'tkazmalari orqali amalga oshiriladi.

UZKART kartalari orqali to'lov amalga oshirilganda, berilgan elektron chiptaning qiymatidan tashqari, CLICK to'lov tizimidan foydalanish uchun bilet chipta 2% dan ortiq bo'lmagan miqdorda komissiya olinadi. UZKART kartalari orqali to'lov amalga oshirilayotganda komissiya ko'rsatiladi va siz tasdiqlaganingizdan so’ng karta hisobidan alohida yechib olinadi.

 Siz buyurtma haqini to‘lash haqida qaror qabul qilishingiz va bank kartasining rekvizitlarini to‘lashingizga 7 daqiqa ajratiladi. Belgilangan vaqtdan oshib ketgan hollarda, buyurtmangiz bekor qilinadi.

Buyurtmaga haq to‘lashda bank kartasining quyidagi rekvizitlari kiritiladi: bank kartasi egasining ismi va familiyasi, uning raqami va amal qilish muddatlari. Shundan so‘ng karta egasining mobil telefoniga parol yuborilib, uni saytda belgilangan shaklga kiritish talab etiladi. Bank kartangiz bo‘yicha haq to‘lashning xususiyatlari to‘g‘risida Internet tarmog‘idan tushuntirishlar olish, chipta uchun haq to‘lashingizga rad javobi berishgani sabablarini aniqlash uchun Siz, birinchi navbatda, o‘z bankingiz qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz kerak.

Xalqaro Visa kartalari orqali  to'lashda, rasmiylashtirilgan elektron chiptaning narxi va bank operatsiyasini qayta ishlash  uchun elektron chipta narxidan 2,2% miqdorida komissiya olinadi.

Buyurtmani to'lash haqida qaror qabul qilish va bank kartasining tafsilotlarini kiritish uchun 3 daqiqa beriladi. Vaqt tugashi bilan, sizning buyurtmangiz bekor qilinadi.

Visa karta bilan buyurtmani to'lashda quyidagi ma'lumotlar kiritiladi: bank kartasi raqami, amal qilish muddati, kartadagi nom va CVV2. Agar karta 3D xavfsiz texnologiyani qo'llab-quvvatlasa, kartani yo’lga qo’ygan bankdan olingan parol ham kiritiladi.

Agar Siz biron bir sababga ko‘ra buyurtma yoki elektron chipta raqamini, yo bo‘lmasa, buyurtmaning qabul qilinganligi tasdig‘ini olmagan bo‘lsangiz, takroriy buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin “Mening buyurtmalarim” bo‘limiga kirib, buyurtma haqiqatdan ham shakllantirilmaganligiga ishonch hosil qiling.

Elektron chiptalarni harid qilishda hisob raqamidan pul mablag’larini yechish moboynida nizolar kelib chiqgan holda 200-82-00 telefon raqami bo‘yicha, yoki bank kartangizga xizmat ko’rsatuvchi bankga murojat qiling.

To’lov jarayoni xavsizligi, trafikni (SSL) shifrovka qilish orqali amalga oshiriladi

Korporativ karta orqali saytdan elektron yo'l hujjatlarini sotib olayotganda, hisob-fakturalar vaqtincha berilmaydi. Hisob-faktura bilan elektron yo'l hujjatini sotib olish uchun savdo nuqtalariga murojaat qilishingiz kerak.

5. Elektron chiptani olish.

Elektron chipta haqi to‘langanidan so‘ng Elektron yo‘l hujjati shakllantirilib, unda buyurtma raqami (14 ta belgi) hamda elektron chipta raqami (14 ta belgi) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar buyurtmada faqat bitta chipta bo‘lsa, u holda buyurtma va elektron chipta raqamlari o‘zaro mos tushadi. Agar buyurtma 2-4 ta yo‘lovchiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, buyurtma raqami va elektron chipta raqami buyurtmadagi birinchi yo‘lovchida mos tushadi.

Elektron yo‘l hujjatini albatta qog‘ozga chiqarib oling yoki buyurtma/elektron chipta raqamini eslab qoling.

Elektron yo‘l hujjati “Elektron ro‘yxatga olingan elektron yo‘l hujjati” blanki bo‘lmasa, u poyezdda yurish uchun haqiqiy emas (o‘tmaydi).“Elektron ro‘yxatga olingan elektron yo‘l hujjati” blankini olish uchun elektron ro‘yxatga olinadigan poyezdlar uchun saytda yoki  mobil ilovada elektron ro‘yxatdan o‘ting yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chipta kassasida belgilangan shakldagi yo‘l hujjati blankasida elektron chiptani oling.

Elektron chiptalarni rasmiylashtirayotgan foydalanuvchi buyurtmadagi barcha yo‘lovchilar nomidan ish yuritib, shunga bog‘liq ravishda buyurtmaning barcha yo‘lovchilari poyezdga chiqarish va poyezdda yurish shartlaridan ogoh etilgan deb hisoblanadi.

5.1. Elektron chiptaning elektron ro‘yxatga olinishi.

Poyezdga elektron ro‘yxatga olish - yo‘lovchining elektron chipta bilan tasdiqlangan tashish shartnomasi asosidagi poyezdda qatnovni amalga oshirish (yurish)ga roziligini anglatadi. Elektron ro‘yxatga olishda majburiy tartibda saytda yoki mobil ilovada elektron chiptaga “Elektron ro‘yxatga olingan elektron yo‘l hujjati” blanki beriladi.

Elektron ro‘yxatga olish xizmati amal qiladigan poyezdlar poyezdlar va vagon to‘g‘risidagi ma'lumotda “ER” belgisiga ega bo‘ladi.

Poyezdga chiqarish uchun butun yo‘l (marshrut) davomida yo‘lovchiga vagon yo‘l kuzatuvchisiga qog‘ozda chiqarilgan “Elektron ro‘yxatga olingan elektron yo‘l hujjati” blankasini (A4 o‘lchami), elektron chiptada ko‘rsatilgan, yo‘lovchi shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi talab etiladi.

Elektron ro‘yxatga olish quyidagicha bajariladi:

·    poyezd va vagonda “ER” belgisi mavjud bo‘lganida;

·    elektron chiptalarni buyurtmani berish vaqtida, “Haq to‘lash” odimidan so‘ng, buyurtmada ko‘rsatilgan barcha yo‘lovchilar uchun bir vaqtda;

·    takroran shaxsiy kabinetda istalgan vaqtda;

·    buyurtmada ko‘rsatilgan barcha yo‘lovchilar uchun bir vaqtda, shu bilan birga buyurtmadagi alohida elektron chiptalarga.

Elektron ro‘yxatga olishni bekor qilish (undan bosh tortish) poyezdning yo‘lga chiqish boshlang‘ich stansiyasidan jo‘nashidan kamida 1 soat oldin quyidagicha amalga oshiriladi:

·    shaxsiy kabinetdagi saytda;

·    O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chipta kassasida belgilangan shakldagi yo‘l hujjatini olish yo‘li bilan.

Diqqat! Agar Siz elektron ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, elektron chiptangizni poyezd yo‘lga chiqish boshlang‘ich stansiyasidan jo‘nashiga 1 soatdan kam va Siz poyezdga chiqadigan stansiyadan poyezd jo‘nashiga 6 soatdan ko‘proq vaqt qolganida qaytarmoqchi bo‘lsangiz, foydalanilmagan elektron chipta uchun pul da'vo tartibida qaytarib beriladi.

Poyezdga elektron ro‘yxatga olish xizmati mavjud bo‘lganida quyidagilar amalga oshirilmaydi:

·    Yo‘lovchi poyezdga kech qolgan holida elektron chiptaning amal qilish muddatini tiklash (yangilash);

·    Yo‘lovchi safarini yo‘l davomida to‘xtatgan holida (safardan bosh tortish yoki yo‘l davomida to‘xtab qolish) elektron chiptaning amal qilish muddatini tiklash (yangilash).

Elektron ro‘yxatga olingan elektron chiptalar bo‘yicha poyezdga chiqarish 8-bo‘limga muvofiq amalga oshiriladi.

Elektron ro‘yxatga olingan elektron chiptalarni qaytarish 9-bo‘limga muvofiq amalga oshiriladi.

5.2. Belgilangan shaklli blankdagi yo‘l hujjatini olish.

Agar Siz elektron ro‘yxatga olish xizmatidan foydalanmagan bo‘lsangiz yoki elektron ro‘yxatga olish xizmati Siz tanlagan poyezdga tegishli bo‘lmasa, poyezdga chiqishingiz uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Ekspress” tizimidagi terminal bilan jihozlangan chipta kassasidan (quyida - chipta kassasi) belgilangan shakldagi blankka tushirilgan yo‘l hujjatini olishingiz shart.

Diqqat! Albatta elektron yo‘l hujjatini qog‘ozga chiqaring yoki unga ko‘ra yo‘l hujjati blankida poyezdga chiqarish kuponi berilishi mumkin bo‘lgan elektron chipta raqamini (14 ta son) eslab qoling.

Agar elektron yo‘l hujjati yo‘qolgan yoki Siz elektron chipta raqamini yoddan chiqargan bo‘lsangiz, o‘z parolingiz ostida Shaxsiy kabinetga kirib, o‘zingizga kerakli buyurtmani toping. Zarur hollarda uni qog‘ozga qayta chiqaring.

Hurmatli sayt foydalanuvchisi, bank kartasidan pul mablag'larini olib qo'yish holatlarida Shaxsiy kabinetingizni tekshirib ko'ring. Kabinetingizda buyurtma raqami mavjud bo'lsa, pul qaytarilmaydi va siz sotib olgan elektron chipta haqiqiy hisoblanadi. Shaxsiy kabinetingizda chip bo'lmasa, "Kontaktlar" ilovasidagi ko'rsatilgan telefon raqamiga murojaat qiling.

Yo‘l hujjatlarini belgilangan shakldagi blanklarda rasmiylashtirish elektron yo‘l hujjati yoki elektron chipta/buyurtma raqami (14 ta son) asosida, buyurtma yo‘lovchilaridan biriga, uning shaxsini tasdiqlaydigan, elektron chiptada ko‘rsatilgan hujjat bo‘yicha, yo ishonchnoma yoki uning notariusda tasdiqlangan nusxasi asosida ishonchli shaxsga amalga oshiriladi. Ishonch qog‘ozining asli yoki notariusda tasdiqlangan nusxasi chipta kassiriga beriladi.

Chipta kassasida FAQAT yaxlitligicha butun buyurtmaga belgilangan shakldagi blankdagi yo‘l hujjatlarini olish mumkin.

Chipta kassasidan belgilangan shakldagi blanklardagi yo‘l hujjatlarini berishda yo‘lovchilarning shaxsiy ma'lumotlariga o‘zgartirish kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Belgilangan shakldagi blanklardagi yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish “Ekspress” tizimining texnologik tanaffusi paytida mahalliy vaqt bilan soat 2:30 dan 3:00 gacha oraliqda amalga oshirilmaydi.

 

6. Bolalar qatnovini rasmiylashtirish.

Diqqat! Bolalarni poyezdga o‘tqazishda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining haqiqiy nusxasi yoki pasporti taqdim etilish zarur.

Uzoq yo‘nalishdagi poyezdlarga 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning kattalar kuzatuvisiz qatnoviga yo‘l qo‘yilmaydi. Bolaning yoshi safar kuni boshlangan kundan aniqlanadi.

MDH davlatlari va davlat ichki aloqa yo‘llarida bolalar qatnovi

·    Katta yoshdagi tarifi asosidagi to‘lov bilan qatnovni amalga oshirayotgan yo‘lovchi, agar alohida o‘rinni band qilmasa, 5 yoshgacha bo‘lgan bitta bolani o‘zi bilan yo‘l haki to‘lovisiz olib yurishga haqlidir.

Bunday holda bola uchun yo‘l to‘lovsiz elektron chipta, katta yoshli to‘lovchi tarifi asosidagi elektron chipta bilan birga o‘rinni band etmaslik ko‘rsatilgan holda hujjatlashtiriladi.

·    Agar yo‘lovchi tomonidan 5 yoshgacha bola uchun o‘rinni band etmaydigan elektron chipta hujjatlashtirgan bo‘lsa, katta yo‘lovchi tarifi asosidagi qatnov uchun to‘langan elektron chipta mavjud bo‘lsa chipta kassasidan pul to‘lovisiz qatnov hujjatini olishi mumkin.

·    Katta yoshdagi yo‘lovchining xohishi bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bola uchun bolalar tarifi asosida o‘rinli elektron chiptani katta yoshli yo‘lovchi tarifi bo‘yicha olinadigan elektron chipta bilan birga bitta buyurtmada hujjatlashtirilishi mumkin.

·    5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bir va undan ortiq bolalarni olib yurganda har bir bola uchun bolalar tarifi asosida elektron chipta hujjatlashtirishini zarur.

·    5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bola uchun - bolalar tarifi asosida to‘lanadigan o‘rinni band etishga haqli elektron chipta, bolani olib yuruvchi katta yoshli yo‘lovchi uchun katta yoshli yo‘lovchi tarifi bo‘yicha olinadigan elektron chipta bilan birga hujjatlashtirilishi lozim bo‘ladi.

·    10 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi bolalar uchun elektron chipta katta yoshli yo‘lovchi tarifi asosida hujjatlashtiriladi.

Diqqat! Ukraina hududida joylashgan stansiya bekatlar qatnovi uchun - 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar kuzatuvchi bilan o‘rinni band etmagan holda bepul elektron chiptani hujjatlashtirish - ushbu saytda va mobil ilovada amalga oshirilmaydi.

 

7. Mama'uriy - pasport(viza) va bojxona qoidalari.

Yo‘lovchi temir yo‘l transportida xalqaro yo‘llaridan o‘tayotganida o‘ziga, o‘zining qo‘l yuki bagaj, tovar yukiga nisbatan qabul qilingan ma'muriy - pasport shu bilan birga viza xamda bojxona koidalariga amal kilishi lozim (shart).

Yo‘lovchi tashuvchi temir yo‘l transporti sohasida xalqaro shartnomaga ko‘ra belgilangandan tashkari holatlarda ko‘rsatilgan koidalarga amal kilishini nozarat qilishga xaqli emas va yo‘lovchilar tomonidan ushbu koidalariga amal kilinmaganligi uchun javobgar ham emas. Xalqaro yo‘llardagi qatnov uchun chiptani rasmiylashtirishdan oldin ma'sul ijroiy muassasalardan yoki muqobil elchixonalarning konsullik bo‘limlaridan davlat chegaralarini, shu bilan birga tranzit (o‘tkazuvchi) davlatlar chegaralarini kesib o‘tish qoidalari aniqlashtirilishi lozim.

18 yoshga to‘lmagan bolalarni xalkaro yo‘llarda yoki MDX davlatlararo tranzit yo‘llarda qatnovi vaqtida yo‘lovchi davlat chegaralarini kesib o‘tishda kerakli xujjalariga shu bilan birga O‘zbekiston Respublika chegaralarini kesib o‘tish uchun ota-onalar (xomiy yoki vasiy)larning natorial tasdiqlangan roziligiga ega bo‘lishi lozim.

Rossiya, Ukraina, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Abxaziya Respublikasi yo‘llaridan qatnov uchun yo‘lovchi o‘z shaxsini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarga amalga oshiriladi.

1.  PU - O‘zbekiston fuqarosi pasporti

2.  SHG- Shaxsni tasdiklaydigan guvohnoma (faqat davlatning ichki qatnov yunalishi)

3.  TG- Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma (faqat davlatning ichki qatnov yo‘nalishi)

4.  CheP-MDX davlatlri Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi va chet mamlakatlar fuqarolariga berilgan xorijiy hujjat.

5.  DP- Dengizchi pasporti. 

 

8. Yo‘lovchini poyezdga o‘tqazish.

Yo‘lovchi tashish shartnomasi bo‘yicha yo‘lovchi tashuvchi - yo‘lovchini mo‘ljallangan punktga unga poyezdda o‘rin taqdim etilgan holda olib borishga majbur.

Yo‘lovchi uzoq yo‘nalishdagi poyezdga chiqayotganda - ma'lum tarzda rasmiylashtirilgan elektron chipta va elektron chiptani xarid qilinayotganida taqdim etilgan yo‘lovchi haqidagi ma'lumotlar va raqami ko‘rsatilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishga, taqdim kilishga majbur.

Elektron qaydnoma mavjud bo‘lganda poyezdga o‘tqazish:

Davlatlararo va ichki aloqa yo‘llarida qatnovchi O‘zbekiston hududidan jo‘nayotgan poyezdda elektron chiptada ko‘rsatilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va A4 formatdagi «elektron kaydnomali elektron qatnov hujjati» blanki taqdim etilganda amalga oshiriladi.

8.1 Belgilangan, qabul kilingan formadagi qatnov hujjati mavjud bo‘lganda poyezdga o‘tqazish

Davlatlararo va ichki aloqa yo‘llarida qatnovchi O‘zbekiston hududidan jo‘nayotgan poyezdda elektron chipta xarid qilinayotganda taqdim etilgan shaxsini tasdiklovchi hujjat va belgilangan tartibda kabul kilingan blankdagi qatnov hujjati taqdim kilinganda amalga oshiriladi.

Elektron chiptada ko‘satilgan familiya yoki hujjat rakami bilan, shaxsni tasdiklovchi hujjatdagi yo‘lovchining familiyasi yoki hujjat rakami mos kelmaganda yo‘lovchining poyezdga o‘tqazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Elektron chiptani boshka shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi va fakat shaxsni ko‘rsatuvchi muqobil elektron hujjat bilan birga taqdim kilinganda haqiqiydir. Elektron chiptalarni qayta olib sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

9. Foydalanilmagan elektron chiptani qaytarish.

Elektron chipta xarid kilinganda foydalanilgan bank kartasi hisobiga foydalanilmagan elektron chipta uchun qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘itulovlar tizimi koidalari bo‘yicha belgilangan muddatta kiritiladi (O‘zbekiston hududidagi har qanday kassada 3 dan 40 kalendar kuni mobaynida elektron chiptani qaytarilgan kundan boshlab amalga oshiriladi).

Diqqat! Bank kartasiga qaytarilgan ishlatilmagan chipta uchun haq olmaslik holatlariga bildirilgan e'tirozni tartibga solish uchun kartaning egasi bo‘lgan bankka yozma e'tiroz bilan murojaat etilishi lozim.

Diqqat! 5 yoshgacha bo‘lgan bola nomiga rasmiylashtirilgan o‘rinsiz foydalanilmagan elektron chipta qaytarilganda qaytarilgan uchun badal olinmaydi.

 

Foydalanilmagan elektron chiptani chipta kassasiga qaytarish

Foydalanilmagan elektron chiptani qaytarish O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chiptalarni qaytarib olishni amalga oshiruvchi chipta kassalarida elektron qatnov hujjatini yoki elektron chipta yoki buyurtma rakamini xamda elektron chiptada ko‘rsatilgan shaxsni tasdiklovchi hujjatni ko‘rsatilganda qaytarishni muddatlariga mos holatda amalga oshiriladi.

Foydalanilmagan chiptalar uchun pul mablag‘larini qaytarish faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi. Butun buyurtmani ham yoki buyurtmadagi konkret elektron chipta ham qaytarilishi mumkin. Yo‘lovchi qatnov hujjatini qabul kilingan namunaviy blankda olgan bo‘lsa, qaytarish yo‘lovchi tomonidan shu blankni xamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni chipta kassasiga taqdim etgan xolda amalga oshiriladi. MDH davlatlariaro yo‘llarida va O‘zbekiston Respublikasidagi ichki qatnov uchun chiptalar belgilangan muddatlarda qaytarilganda xizmatlar uchun xamda o‘rin-ko‘rpa jildlari uchun pul to‘liq qaytariladi. Chiptani rasmiylashtirish uchun to‘langan pul qaytarilmaydi:

1.  Toshkent -Samarkand -Toshkent Afrosiyob tezyurar poyezdiga 10 000 so‘m miqdorida

2.  Davlatning barcha ichki qatnov yo‘llari uchun 20 000 so‘m mikdorida

3.  647/648 Ko‘ng‘rot-Beynau-Boysun poyezdlardagi umumiy vagonlarga 12 000 so‘m mikdorida

4.  MDH davlatlari bilan aloqada bo'lgan barcha davlatlararo poezdlar uchun "UTY" OAJ shakllantirishda - 70 000 so'm.

5. MDH davlatlari bilan aloqada bo'lgan barcha davlatlararo poezdlar uchun boshqa davlatlarning shakllanishi - 95 000 so'm.

Qaytarish uchun qo‘shimcha 1 000 so‘m badal olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida qatnov uchun rasmiylashrilgan va foydalanilmagan elektron chiptani qaytarishda (MDX davlatlari tomonidan tashkil kiingan poyezdlar bundan mustasno) bank kartasi xisobiga kiritilishi lozim:

·    Chipta va platskartning tulik kiymati poyezd jonasiga 24 soat qolgandan kechiktirilmasdan tulanishilozim..

·    Poyezd jo‘natilishiga 24 soatdan oz va lekin poyezd jo‘nashidan 6 soatdan kam bo‘lmaganvaqtda chipta kiymatini va platskarti kiymatining 50% to‘lash.

·    Foydalanilmagan chipta qaytarilmaganda poyezd jo‘nashiga 6 soatdan kam bo‘lmagan vakt kolganda va poyezd jo‘nab ketgandan keyin 3 soatdan kechiktirmasdan yo‘lovchiga chiptani qaytariladi.Platskarta kiymati qaytarilmaydi

Diqqat! Ichki aloqa yo‘llarida qatnovchi poyezdlar uchun yunalishning boshlangich stansiyalari kassalarida foydalanilmagan elektron chipta elektron kaydnomasi mavjud bo‘lsa, yo‘lovchi tashuvchi tomonidan tayin kilingan, kabul kilingan tartib bo‘yicha, yo‘lovchi arizasiga binoan poyezd junatilishga 1 soatdan kam bo‘lmagan vakt qolganda pul mablag‘ini qaytarish amalga oshiriladi.

Foydalanilmagan elektron chiptani qaytarish poyezd jo‘nab ketgandan keyin 20 minutdan 1 soatgacha yo‘lovchi jo‘natish lozim bo‘lgan stansiyada yo‘lovchining shaxsan tashrifida va elektron chiptada ko‘rasitilgan shaxsni tasdiklovchi hujjat taqdim kilinganda, to‘lovchi yo‘lovchining kartasi xisobiga tegishli pul mablag‘i kiritiladi.

Xalkaro aloqa yo‘llari va MDX davlatri temir yo‘llari tomonidan tashkil kilingan poyezdlarga qatnov uchun foydalanilmagan elektron chiptani chipta kassalarida qaytarishga bank xisobiga kiritilishi lozim:

·    Poyezd jo‘nashiga 24 soat qolgandan kechiktirilmasdan qatnov chiptani kiymati va platskarta kiymatdan iborat qatnov kiymati

·    Poyezd jo‘nalishiga 24 soatdan kam vakt kolganda va poyezd jo‘nashiga va 6 soat vaqtdan kechiktirilmasdan chipta kiymati va 50% platskarti kiymati

·    Poyezd junalishga 6 soat kam vakt kolganda va poyezd junashiga 1 soat vakt kolganda kechiktirilmasdan yo‘lovchi jo‘nashi lozim bo‘lgan stansiya yoki kasalligi tufayli, baxtsiz xodisa oqibatini - tasdiqlovchi hujjat muddati tugangandan 10 sutka mobaynida.

Diqqat! Chipta qiymati va platskarta qiymati qaytarilmaydi.

Diqqat! Elektron qaydnoma elektron chiptani qaytarish Rossiya, Latviya, Belorussiya, Ukraina va Kozog‘iston aloqa yo‘llari orqali qatnov poyezdlarida poyezd yo‘nalishi marshruti boshlang‘ich stansiyasidan jo‘nab ketishga 1 soatdan kam bo‘lgan vakt qolganida - amalga oshirilmaydi.

MDH davlatlari chipta kassalarida foydalanilmagan elektron chiptaning qaytarish belgilangan tartibdagi blankada rasmiylashtirish qatnov elektron hujjat taqdim kilinganda amalga oshiriladi. Bunda pul mablag‘i to‘lanmagan xolda band kilingan urin qaytariladi qaytarilgan elektron chipta uchun tegishli pul mablag‘ini bank kartasi hisobiga kiritish uchun elektron chipta xaridi uchun tulov uchun amalga oshirilgan bank kartasi pul mablag‘i kiritishi uchun - O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashan chipta kassasiga poyezd junab ketgan sanadan boshlab 6 oy maboynida murojat kilib va shaxsni tasdiklovchi hujjat, belgilangan tartibdagi blanka rasmiylashtirilgan holda foydalanilmagan qatnov elektron hujjat, o‘rinni qaytarilganligi blankasini taqdim etiladi- foydalanilmagan elektron chipta uchun pul mablag‘i qaytarish faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi. Chipta kassasida elektron chiptani qaytarish qaytaruv operatsiyasi orkali amalga oshiriladi.

Bizning saytimizda :

·    Qatnov kiymatning to‘lovning amalga oshirmasdanurinlari rezervlash.

·    Elektron chiptani imtiyozli fuqaro kategoriyalari uchun rasmiylashtirish

·    Ukraina hududidagi stansiyalarda katta yo‘lovchilar kuzatuvchilar o‘rinni band kilinmagan holda 5 yoshgacha bolalar uchun elektron chiptani rasmiylashtirish

·    Yo‘lovchi tashuvchi GUP «Крымская железная дорога» poyezdlarida elektron chiptani rasmiylashtirish

·    Uy hayvonlari va yuklarni tashishni rasmiylashtirish - amalga oshirilmaydi.

 

10.Glossariy

Elektron qatnov hujjati bu - yo‘lovchi safari hakidagi malumotlardan iborat, alohida raqamli chiptalar sotuvi haqida bazasida saqlanuvchi, internet orqali xarid qilingan qatnov hujjati va rekvezitlaridir. Qatnov elektron safar hujjati poyezdda yurish uchu asos bo‘la olmaydi.

Elektron qaydnomali qatnov elektron hujjati bu - elektron qaydlovdan o‘tgandan keyin, yo‘lovchi tomonidan veb-resursda bosib chiqilgan, 2 qismdan iborat safar haqidagi ma'lumotni takrorlovchi blankdir.

Ushbu blank yo‘lovchining shaxsiy ma'lumotlariga mos bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda yo‘lovchining vokzalga kirish va poyezdga chikishi uchu asos bo‘lib xizmat kiladi.

Belgilanagan namunadagi blankda rasmiylashtirilgan qatnov elektron hujjati bu - O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan kassalardan birida jiddiy, ixcham hisobot blankada (pasport, xarbiy bilet, rasmli va muhrli xizmat guvohnomasi, 16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasporti) yo‘lovchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida qatnov hujjati rasmiylashtiriladi.

Bugungi kunda mavjud bo'lgan chegirmali chiptalar hamda "O'zbekiston Temir Yo'llari" AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlanayotgan yangi chegirmalik chiptalar faqatgina chiptaxonalarda rasmiylashtiriladi. Chegirmalik chiptalarni rasmiylashtirishni ushbu veb-resursda imkoniyati mavjud emas. Yosh bolalarga chegirmali chipta rasmiylashtirish bundan mustasno.​