Акционерное общество
Узбекистон темир йуллари

Комфорт, безопасность, надёжность!

Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish va uni bekor qilish qoidalari

Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish va uni bekor qilish qoidalari

Poyezdda yurish uchun elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish — elektron yo‘l hujjati bilan tasdiqlangan tashish shartnomasi asosida poyezdda yurish uchun yo‘lovchining roziligi. Saytda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tgandan so’ng  majburiy tarzda “Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blanki beriladi.

Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish xizmati amal qiladigan poyezdlarda, poyezd va vagon to‘g‘risidagi ma'lumot yoziladigan joyda “ER” belgisi bo‘ladi.

Quyidagi hollarda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

  • “ER” belgisi bo‘lganda;
  • “To‘lov” amali bajarilgandan so‘ng elektron yo‘l hujjatiga buyurtma berilganda buyurtmada ko‘rsatilgan barcha yo‘lovchilar uchun bir vaqtda;
  • takroran istalgan vaqtda saytdagi shaxsiy kabinetda.

elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish xizmatini poyezd yo‘nalishning boshlang‘ich stansiyasidan jo‘nashidan eng kechi bilan 1 soat oldin bekor qilish (voz kechish) mumkin.

  • saytdagi shaxsiy kabinetda
  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan bilet kassalarida yo‘l hujjatini qat'iy hisobot blankasida olish orqali.

 

Diqqat! Poyezdda yurish uchun elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ko‘rsatilganda, bilet kassalarida yo‘l hujjatini qat'iy hisobot blankasida rasmiylashtirish poyezd yo‘nalishning boshlang‘ich stansiyasidan jo‘nashidan eng kechi bilan 1 soat oldin to‘xtatiladi.

Diqqat! Agar Siz elektron ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz va o‘z elektron yo‘l hujjatingizni poyezd yo‘nalishning boshlang‘ich stansiyasidan jo‘nashidan eng kechi bilan 1 soat oldin qaytarib berishni istasangiz, foydalanilmagan elektron yo‘l hujjati uchun pul mablag‘lari da'vo tartibida qaytariladi.

Poyezdda yurish uchun elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ko‘rsatilganda quyidagilar amalga oshirilmaydi:

  • yo‘lovchi poyezdga kechikkan taqdirda elektron yo‘l hujjatining amal qilish muddatini tiklash;
  • yo‘lovchi yo‘lda keta turib safarni to‘xtatgan taqdirda (safardan voz kechish va yo‘lda to‘xtash) elektron yo‘l hujjatining amal qilish muddatini tiklash.

Agar Siz elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan foydalanmagan bo‘lsangiz yoki Siz tanlagan poyezdda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ko‘rsatilmasa, poyezdda yurish uchun Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidagi “Ekspress” tizimidagi terminal bilan jihozlangan istalgan bilet kassalarida (keyingi o‘rinlarda - bilet kassasi) yo‘l hujjatini qat'iy hisobot blankasida olishingiz kerak.

 

Diqqat! Elektron yo‘l hujjatini albatta qog‘ozda chiqarib oling  yoki qat'iy hisobot blankasida yo‘l hujjati berilishi uchun asos bo‘ladigan elektron yo‘l biletining raqamini (14 — ta raqam) eslab qoling.

Agar elektron yo‘l hujjatini yo‘qotib qo‘ysangiz yoki elektron yo‘l biletingizning raqamini yoddan chiqargan bo‘lsangiz, o‘z parolingiz bilan Shaxsiy kabinetga kiring va o‘zingizga kerakli buyurtmani toping. Zarurat bo‘lsa takror qog‘ozga chiqarib oling.

Qat'iy hisobot blankalarida yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish elektron yo‘l hujjati asosida yoki elektron bilet raqami (14 — ta raqam) asosida buyurtmadagi yo‘lovchilardan birining nomiga elektron yo‘l hujjatida ko‘rsatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘yicha yoki ishonch bildirilgan shaxs nomiga ishonchnoma yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi asosida amalga oshiriladi. Ishonchnomaning asli yoki  notarial tasdiqlangan nusxasi bilet  kassasi kassiriga topshiriladi.

Bilet kassalarida qat'iy hisobot blankalaridagi yo‘l hujjatlarini faqat butun buyurtma bo‘yicha olish mumkin.