Акционерное общество
Узбекистон темир йуллари

Комфорт, безопасность, надёжность!

Elektron biletlarni sotib olish qoidalari

Elektron biletlarni sotib olish qoidalari

Elektron biletlar to‘lovi UZKART on-line bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Buyurtma To‘lov Tizimi bilan ma'lumot almashish yordamida tekshirilgandan va tasdiqlangandan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi.

Elektron biletlar uchun to‘lov naqdsiz shaklda o‘zbek milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.

Rasmiylashtirilgan elektron bilet narxiga qo‘shimcha ravishda To‘lov Tizimidan foydalanganlik uchun elektron bilet qiymatining 2 foizi miqdorida vositachilik haqi undiriladi. Vositachilik haqi to‘lov vaqtida ko‘rsatiladi va Siz tasdiqlaganingizdan so‘ng kartochka hisobidan alohida yechib olinadi.

Siz buyurtma haqini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz va bank kartasining rekvizitlarini kiritishingiz uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Belgilangan vaqt o‘tib ketsa buyurtmangiz bekor qilinadi.

Buyurtma haqini to‘lashda bank kartasining quyidagi rekvizitlari kiritiladi: bank kartasining raqami, amal qilish muddati va kartaga ulangan mobil telefonning raqami. Shundan so‘ng mobil telefonga parol yuboriladi, ushbu parolni saytdagi tegishli katakchaga kiritish zarur.

Agar biron sabablarga ko‘ra Siz buyurtma yoki elektron bilet raqamini yoxud buyurtma muvaffaqiyatli shakllantirilgani tasdig‘ini olmasangiz, takror buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin “Mening buyurtmalarim” bo‘limiga kiring va buyurtma haqiqatdan rasmiylashtirilmaganiga ishonch hosil qiling.

Elektron biletlar haqini to‘lashda pul mablag‘larini yechib olish borasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda (+99871) 200-82-00 telefon raqamiga, shuningdek bank kartangizni chiqargan bankka murojaat qiling.

To‘lov jarayonining xavfsizligi trafikni shifrlash vositalaridan (SSL) foydalangan holda ta'minlanadi.

Saytda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish xizmati elektron bilet haqi to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi va bepul taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bilet kassalarida elektron biletlarni belgilangan shakldagi blankda olish bepul amalga oshiriladi.