Акционерное общество
Узбекистон темир йуллари

Комфорт, безопасность, надёжность!

Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilarning poyezdga chiqishini tashkil etish

Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilarning poyezdga chiqishini tashkil etish

Poyezdga elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tish — elektron yo‘l hujjati bilan tasdiqlangan tashish shartnomasi asosida poyezdda yurish uchun yo‘lovchining roziligi. Saytda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tganda majburiy tarzda “Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blankasi beriladi.

Elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjatini sotib olgan yo‘lovchi albatta “elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blankasini A4 formatdagi qog‘ozga chiqarib olishi shart.

Oldida “elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blankasi va Internet orqali chipta sotib olayotganda raqami ko‘rsatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan yo‘lovchi vokzalga iloji bo‘lsa poyezd yo‘lga tushishidan 50 daqiqa oldin kelishi kerak.

Yo‘lovilar vokzalning Nazorat-o‘tkazish punktiga (YO‘P) o‘tishini tashkil etish uchun YO‘P xodimlari “elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blankasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma'lumotlarni elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilar ro‘xatida ko‘rsatilgan xuddi shunday ma'lumotlar bilan solishtiradilar. Barcha ma'lumotlar mos tushgan taqdirda, yo‘lovchini vokzalda ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida blankaning har bir qismiga bittadan jami ikkita belgi qo‘yiladi.

Vagonga o‘tish uchun yo‘lovchi poyezd yo‘l boshlovchisiga yo‘lovchi vokzalda ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida belgi qo‘yilgan “elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blankasini va Internet orqali chipta sotib olayotganda raqami ko‘rsatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi.

Yo‘l boshlovchi “elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron yo‘l hujjati” blankasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma'lumotlarni yo‘l boshlovchining ixtiyoridagi xuddi shunday ma'lumotlar bilan solishtiradi. Barcha ma'lumotlar mos tushgan taqdirda, yo‘l boshlovchi blankaning bir qismini qirqib oladi va o‘zida qoldiradi. Ikkinchi qismini yo‘l boshlovchi yo‘lovchiga beradi va uni joyiga kuzatib qo‘yadi.