Акционерное общество
Узбекистон темир йуллари

Комфорт, безопасность, надёжность!

Imtiyozlar va bonuslar

Ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozlar va bonuslar berish tartibi Yo'lovchilar, bagaj va yuk tashish O'zbekiston Respublikasi  temir yo'l transporti  qoidalari tomonidan belgilangan (13.04.2012 sm, N 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan).

Yo’lovchi o’zi bilan birga yo’lovchi tashish poezdida yo’l haqi to’lamasdan 5 yoshgacha (jo’nash vaqtiga yoshi to’lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo’l haqi to’lamasdan ota-onalar choptasiga asosan amalga oshiriladi.

Yo’lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo’nash vaqtiga yoshi to’lgani ham) bolalar ketayotgan bo’lsa, ulardan biri yo’l haqi to’lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

5 yoshdan 10 yoshgacha (jo’nash vaqtiga yoshi to’lgani ham) bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi. Temir yo’llarida yiliga bir marta bepul yurish huquqi (boorish va kelishga) quidagilarga taqdim qilingan:

1) Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uch darajadasi bilan taqdirlangan shaxslarga;

2) yarador bo’lgan harbiy ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va  ularga tenglashtirilgan shahslarga;

3) Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga (O’zbekiston Respublikasi hududida.

 

Temir yo’llarda chiptaning to’liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (boorish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo’yicha quyidalarga berilgan:

  1. 3-guruh urush nogirinlariga;
  2. urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shahslarga;

Temir yo’llarda chipta to’liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shahslarga, ularning xohishiga ko’ra ikki yilda bir marta ikki yillik talonlar (joriy va oldingi yoki joriy va keying yilgi) o’rniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) taqdim qilinadi. Bu holda to’g’ri yo’nalishda bunday yurish “borish” ikki taloni o’rniga, qaytishga esa – “Kelish” ikki taloni o’rniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 3-guruh urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shahslarga ham tatbiq etiladi.

1-guruh urush nogironlarini kuzatib kelayotgan shahslarga (bittadan ko’p bo’lmagan kuzatuvchiga), talonlar o’rniga yiliga bir marta (borish va kelishga) chiptaning to’liq qiymatidan ellik foiz chegirma beriladi. Kuzatuvchi shahsga chipta rasmiylashtirilayotganda faqat joriy yil talonlari hisobga qabul qilinadi. O’tgan va keying yil talonlari hisobga qabul qilinmaydi. Kuzatuvchi shahsga talonlar o’rniga bepul chipta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.

 

Imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga chegirma olish huquqini beruvchi quyidagi tegishli hujjatlar taqdim qilinishi kerak: “Urush nogironi guvohnomasi”, “Urush qatnashchisi guvohnomasi”, yoki “Imtiyozga huquqi to’g’risida guvohnoma”.

“Faxriy temiryo’lchi” nishoni bilan taqdirlangan temir yo’l transporti xodimlati yil mobaynida MDH bo’lab bepul yurish huquqiga (borish va kelishga) egadir, buning uchun hizmat guvohnomasi va yozib berilgan temir yo’l chiptasi taqdim qilinisi zarur.

Bugungi kunda mavjud bo'lgan chegirmali chiptalar hamda "O'zbekiston Temir Yo'llari" AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlanayotgan yangi chegirmalik chiptalar faqatgina chiptaxonalarda rasmiylashtiriladi. Chegirmalik chiptalarni rasmiylashtirishni ushbu veb-resursda imkoniyati mavjud emas. Yosh bolalarga chegirmali chipta rasmiylashtirish bundan mustasno.​