O`zbekiston Temir Yo`llari
Aksiyadorlik Jamiyati

Qulay, xavfsiz, ishonchli!

Yo'lovchi tashish qoidalari

Turistlar va yo’lovchilar guruhlarini tashkiliy ravishda tashish

Yo’lovchilarning ayrim guruhlarini tashish uchun yuridik shahslarga chiptalar sotish ularning buyurtmanomalariga ko’ra amalga oshiriladi. Yo’lovchilarning ayrim guruhlari (10 kishi va ortiq) yo’lga chiqishini ta’minlash uchun yuridik shahslardan joylarga yozma buyurtnomalar, yo’lovchi tashish poezdlar jo’nashidan 20 kun oldin tashuvchi tomonidan qabul qilinadi.

Buyurtmanoma yuridik shahs rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Unda yuridik shahs nomi, talab qilinadigan joylar soni, yo’lovchi tashish poezdi tartib raqami, jo’nash sanasi hamda jo’nash va yetib kelish stansiyasi ko’rsatiladi.

Guruhiy buyurtmanomalarga, jo’nayotgan guruh a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, passport seriyasi va raqami, tug’ilgan yili ko’rsatilgan ro’yhati 2 nusxada iliva qilinishi karak.

Yo’lovchi tashish poezd jo’nashidan 10 kun oldin yuridik shahs buyurtma qilingan chiptalarni to’liq yo’l haqi to’lagan holda sotib olishi karak.

Agar jo’nash oldidan belgilangan muddatda chiptalar sotib olinmagan bo’lsa, byuyrtmanoma bekor qilinadi va joylar sotishga beriladi.

Bolalarni poezdda olib yurish

Yo’lovchi o’zi bilan birga yo’lovchi tashish poezdida yo’l haqi to’lamasdan 5 yoshgacha (jo’nash vaqtiga yoshi to’lgani ham) bitta bolani alohida joy bermasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo’l haqi to’lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

Yo’lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo’lsa, ulardan biri yo’l haqi to’lamasdan, qolganlari – tariff qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tariff qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

5 yoshgacha ikkinchi bolani yo’l haqi to’lamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poezdda yurish ikkala ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yo’l qo’yiladi. Bunday holatda bolaga yo’l haqi to’lanmaydigan chipta har biro ta-ona chiptasiga bittadan rasmiylashtiriladi. 

10 yoshgacha (jo’nash vaqtiga yoshi to’lgani ham) bolalar poezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi. 16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yo’lovchi tashish poezdlarida yurishlariga yo’l qo’yilmaydi, maktab, lisey, kolledjga boorish uchun temir yo’l tranportidan foydalanuvchi o’quvchilar bundan mustasno. 

O’tirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega bo’lgan har bir bolaga kata yoshdagi yo’lovchilar kabi joy taqdim qilinishi kerak.

Qo’l yukini tashish

Tashilayotgan qo‘l yuki butunligi va saqlanishi bo‘yicha mas‘uliyat yo‘lovchilar zimmasidadir. Uch o‘lchami summasiga ko‘ra 180 sm dan ortadigan yirik gabaritli buyumlarni qo‘l yuki sifatida tashish taqiqlanadi.

Har bir yo‘lovchi (to‘liq yoki bolalar chiptasiga) o‘zi bilan birga 36 kg dan oshmagan qo‘l yuki olib yurish huquqiga ega. Ikki o‘rinli kupe vagonlarida 50 kg qo‘l yuki olib yurilishiga ruxsat etiladi.

Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchilar tomonidan bepul me‘yordan ortiq (lekin 50 kg dan oshmagan) qo‘l yukining tashilishi bagaj tarifiga binoan to‘lanishi kerak. Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlari tamburlarida qismlarga ajratilmagan bittadan ortiq velosipedni tashishga ruxsat etiladi.

Yo‘lovchiga qo‘l yuki belgilangan me‘yordan (36 kg) ortiqcha quyidagilarni tashishga ruxsat etiladi: portfelь, ayollar sumkachasi, durbin, chang‘i va unga tayoqchalar, qarmoqlar, fotoapparat, soyabon, shuningdek uch o‘lchamiga ko‘ra 100 sm dan oshmaydigan boshqa kichik buyumlar.

Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida bepul qo‘l yuki tashish me‘yori hisobiga, shuningdek bolalar aravachasi, o‘simliklar, yuqori qismi boylangan va ildizlari o‘ralgan ko‘chatlar hamda boshqa ekin materiallarini tashishga ruxsat etiladi. Bunday qo‘l yukining har bir joy vazni 18 kg dan va balandligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.

Yo‘lovchilarning ortiqcha qo‘l yukini tashish uchun yo‘lovchi tashish poyezdlari tarkibiga qo‘shimcha bagaj vagonlari kiritilishi mumkin. Bunday vagonlarda qo‘l yuki tashilishi uchun tariflar bagaj tarifi bo‘yicha, tashuvchi tomonidan belgilangan imtiyozlarni qo‘llagan holda undiriladi. Tashish kvitantsiya bilan rasmiylashtiriladi.

Bagajni tashish

Tashishga o‘z o‘lchamlari, o‘rami va xususiyatlariga ko‘ra belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish tartibotlaridan o‘tishi, yo‘lovchi bagajlariga zarar yetkazmasdan, qiyinchiliksiz bagaj vagoniga yuklanishi va joylashtirilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar qabul qilinadi. Bagaj bagajni qabul qilish va berish operatsiyalarini amalga oshiradigan stantsiyalargacha tashiladi. Yo‘lovchi bagajni tashishga oldindan, lekin yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashidan 2 soatdan kechiktirmasdan topshirishi mumkin, bunda bagajni saqlaganlik uchun to‘lovlar tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Velosipedlar, aravachalar va bolalar karavotlari, protez aravachalari va hokazolar o‘rami bilan va o‘ramsiz qabul qilinishi mumkin. Bagajni tashishga bir joy og‘irligi 80 kg dan ziyod, uzunligi esa 3 m dan ortiq yuk va buyumlar qabul qilinmaydi. Vazni 80 kg dan ortiq bo‘lgan bo‘linmaydigan joylar (muzlatgich, gaz plitalari va boshqalar) bagaj tashishga, ya‘ni yo‘lovchi tashish poyezdida har bir rasmiylashtirilgan joyga bir birlik miqdoridagi chipta bo‘yicha qabul qilinadi. Bu miqdordan ortiqcha qabul qilingan bo‘linmaydigan buyumlar tashilishi yuk bagaj tarifi bo‘yicha to‘lanadi.

Yo‘lovchi bagajni topshirayotgan vaqtda belgilangan tarifga muvofiq yig‘imni to‘lagan holda uning qiymatini e‘lon qilishi mumkin. Agar tashishga bir nechta bagaj joyi taqdim qilinayotgan bo‘lsa, yo‘lovchi har bir joy qiymatini alohida yoki barcha joylar umumiy qiymatini e‘lon qilishi mumkin. Qiymatni e‘lon qilish og‘zaki tarzda amalga oshiriladi. Agar yo‘lovchi bagaj qiymatini e‘lon qilgisi kelmasa, yo‘lovchi imzolayotgan bagaj kvitantsiyasining “E‘lon qilingan qiymat” ustunida “Qiymat e‘lon qilishni rad etaman” degan qayd kiritilishi kerak.

Tashuvchi tomonidan bagajning e‘lon qilingan qiymati uchun jo‘natuvchidan belgilangan tartibda qo‘shimcha yig‘im undiriladi.

Bagajni berish faqat qabul qiluvchida bagaj kvitantsiyasi va chipta mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

Yo‘lovchi xohishiga ko‘ra, manzil stantsiyasi sutkalik muddat o‘tgach (kelish kunini hisoblamasdan) qabul qiluvchiga telefon, buyurtma xati yoki boshqa yo‘llar bilan uning nomiga bagaj yetib kelganligi to‘g‘risida xabar beradi. Qabul qiluvchining nomiga bagaj yetib kelganligi to‘g‘risidagi xabarnomasi uchun qabul qiluvchi tomonidan tashuvchi belgilagan tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Agar manzil stantsiyasi yo‘lovchini yetib kelgan bagaj haqida belgilangan muddatda ogohlantirmasa, xabarnoma jo‘natilgunga qadar bagaj saqlangan kunlarga to‘lanmaydi.

Manzil stantsiyasi yo‘lovchi tomonidan berilishi talab etilgan bagaj yetib kelmaganda, bagaj kvitantsiyasining orqa tomoniga yetib kelish muddati tugagach “Bagaj yetib kelmadi” degan belgi, yil, oy va sanani ifodalovchi shtempelni qo‘yishi va yo‘lovchidan unga bagaj yetib kelishi haqida xabarnoma jo‘natish manzili ko‘rsatilgan arizani qo‘shimcha yig‘imlarni undirmasdan olishi shart.

Itlar, mayda uy hayvonlari, qushlar va arilarni tashish

Bagaj vagonida tashish uchun itlar, mayda uy hayvonlari, arilar va qushlar harakatlanayotgan yo‘nalishda qayta yuklanmaydigan holatda qabul qilinadi.

Itlar, mayda uy hayvonlari va qushlar vagondagi mavjud boshqa bagajga zarar yetkazmaslikni kafolatlovchi, vagonni esa ifloslanishdan saqlovchi maxsus konteynerlarda yoki jo‘natuvchining poddonli tarasida (qafaslar, savatlar, qutilarda) tashilishi mumkin. Ushbu tara tashilayotgan hayvonlar o‘lchami va miqdoriga mos kelishi va haddan tashqari qo‘pol bo‘lmasligi kerak.

Arilar bagaj vagonida tashishga tashqi havo temperaturasi +10o S dan ortiq bo‘lmagan holatda qabul qilinadilar. Arilar ari uyalarida yoki fanerli paketlarda, shu yo‘lovchi tashish poyezdida ketishi lozim bo‘lgan kuzatuvchi nazorati ostida tashiladi. Vagonda ari uyalari va paketlar shunday o‘rnatiladiki, ari uyalarini shamollatish tirqishlari to‘silib qolmasligi va ularga erkin borilishi ta‘minlanishi lozim.

Mayda uy hayvonlari, qushlar va arilarni tashishga tegishli yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga kamida uch soat vaqt qolganda qabul qilinadi. Qushlar, mayda hayvonlar va arilar yo‘lovchi tashish poyezdining belgilangan manzil stantsiyasiga yetib kelgandan keyin 12 soatdan kechiktirmasdan yo‘lovchi tomonidan qabul qilib olinishi kerak. Bagaj vagonlarida mayda uy hayvonlari, itlar va arilarni tashish, tegishli shakldagi veterinariya guvohnomalari taqdim qilinishi bo‘yicha amalga oshiriladi.